Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / O'zbekiston yangiliklari » Bunyodkorlik loyihalari taqdimot qilindi

Bunyodkorlik loyihalari taqdimot qilindi

15-02-2021, 15:45
166
Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrining Xonqa ko‘chasida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi.Bu yerda har biri 54 kvartirali to‘rtta 9 qavatli turar joy qurilmoqda. Monolit usulida, energiyatejamkor qurilish materiallaridan foydalangan holda bunyod etilmoqda. Xonadonlar tayyor holda topshiriladi. Yaqin oylarda bu yerga aholi ko‘chib kelib, hudud zamonaviy mavzelardan biriga aylanadi.
Davlatimiz rahbari uyning shourumini kirib ko‘rdi. Mebellar, muhandislik tarmoqlarining sifatiga e’tibor qaratdi. Ko‘p qavatli uylarga malakali xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Shu yerda Xorazmda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari, xususan, Urganch shahridagi «Binary» xalqaro universiteti uchun yangi bino barpo etish, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, ko‘prik qurish, kommunal xizmatlarni yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




File engine/modules/simple_dle_stats/index.php is in the folder, which is available to write (CHMOD 777). For security purposes the connection files from these folders is impossible. Change the permissions on the folder that it had no rights to the write.