Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bozor yangiliklari » "URGANCH BUYUM SAVDO" MCHJ Savdo kompleksi hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish chora tadbirlari

"URGANCH BUYUM SAVDO" MCHJ Savdo kompleksi hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish chora tadbirlari

25-04-2024, 15:13
156
Xalqimizda “Koʻchat ek, bogʻ yarat” degan naql bor.  Chunki ekilgan koʻchatlar unib-oʻsib chiroyli manzara hosil qilsa ham kishining dilini yayratib, koʻzlarni quvontiradi, ham havoning sofligini taʼminlaydi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-martdagi 144-F/8-sonli farmoyishi ijrosi yuzasidan “Urganch buyum savdo” Ma’suliyati cheklangan jamiyati savdo kompleksi tomonidan 2024- yil bahor mavsumida manzarali, mevali daraxt va buta ko’chatlari hamda qalamchalarni ekishning miqdoriy taqsimoti asosida Gulzor mahallasi hududida joylashgan Qirg’iz yop qanali shu qatorda bozor hududi tevarak atroflarini ko’kalamzorlashtirish bo’yicha joriy yilning 2-aprel kuni 220 ta archa va 180 ta mevali ko’chatlar ekilganini ma’lum qiladi.
Davlatimiz rahbari taʻkidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”. Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va eʻtibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun biz er va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt koʻchatlarini ekib, bogʻ yaratishimiz zarurdir.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




File engine/modules/simple_dle_stats/index.php is in the folder, which is available to write (CHMOD 777). For security purposes the connection files from these folders is impossible. Change the permissions on the folder that it had no rights to the write.