Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / O'zbekiston yangiliklari » «Yashil» iqtisodiyot va raqamlashtirish» - Koreyaga davlat tashrifining ustuvor yo‘nalishlari ma’lum qilindi

«Yashil» iqtisodiyot va raqamlashtirish» - Koreyaga davlat tashrifining ustuvor yo‘nalishlari ma’lum qilindi

16-12-2021, 17:28
75

O‘zbekiston prezidenti Koreya Respublikasiga uch kunlik davlat tashrifi bilan boradi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti Mun Je Inning taklifiga binoan 16-18 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan Janubiy Koreyada bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Seul shahrida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda O‘zbekiston-Koreya do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
Eng avvalo, “yashil” iqtisodiyot, raqamlashtirish, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik bo‘yicha dastur va loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, Prezidentimiz Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi rahbariyati, ushbu mamlakatning eng yirik kompaniya va bank-moliya institutlari vakillari bilan uchrashadi.
Tashrif yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




File engine/modules/simple_dle_stats/index.php is in the folder, which is available to write (CHMOD 777). For security purposes the connection files from these folders is impossible. Change the permissions on the folder that it had no rights to the write.