Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bozor yangiliklari » 1-iyuldan 1-avgustga qadar “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha” «Dolzarb 30 kun” oyligi etib belgilandi.

1-iyuldan 1-avgustga qadar “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha” «Dolzarb 30 kun” oyligi etib belgilandi.

12-07-2024, 11:51
222
        Respublikamizda yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi  Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024 – yil 25 – iyundagi ;1/4/26-2040-sonli xatini ijrosini ta’minlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va  ularni bartaraf etish bo‘yicha  hukumat komissiyasining tegishli 
bayoniga muvofiq joriy yil “URGANCH BUYUM SAVDO” MCHJ savdo kompleskida iyuldan 1 avgustga qadar  “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash 
bo‘yicha” “Dolzarb 30 kun” tadbiri o‘tkaziladi.
                                     

            2024 yil 8-iyul “URGANCH BUYUM SAVDO” MCHJ savdo kompleski xodimlari va tadbirkorlari, shu qatorda  Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbirda “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash” “Yong‘inlar” “qisqa tutashuv va chaqnashlar“ kabi noxush holatlarni oldini olish, bajarilishi lozim bo‘lgan  zaruriy chora –tadbirlar xususida davra suhbati o‘tkazildi.


Xalq xo‘jaligi maskanlari va aholi turar joylarini yong‘in xavfsizligi talablariga mos holga keltirish, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarini hamda fuqarolarni yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish borasidagi mas’uliyatlarini oshirish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlar va yong‘inlarning oldini olish maqsadida aholi o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot va tushintirish ishlarini olib borish “Yong‘in xavfsizligi oyligi”da eng asosiy vazifalaridan deb, belgilangan. 1 iyuldan 1 avgustga qadar   “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha” Dolzarb 30 kun”  oyligi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarning  barchasi Favqulodda holatlarning  oldini olishga, “URGANCH BUYUM SAVDO” MCHJ savdo kompleski xodimlari va tadbirkorlarining       tinch–osoyishta mehnat qilishlarini ta’minlashga, ularning Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini  yanada boyitishga xizmat qilish bilan ahamiyatlidir. “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash” oyligi munosabati bilan  o‘tkazilgan profilaktik tadbir aynan Yong‘in kelib chiqishining oldini olish, Favqulodda holatlarni bartaraf etishga, binolarni Yong‘in xavfidan ta’minlashni tashkil etish,  jamoa a’zolariga Yong‘inga qarshi kurash choralari tushuntirib o’tildi.

 

Hurmatli hamyurtlar! 2024-yil 1-iyuldan 1-avgustga qadar ushbu tadbirlarda faol etishingizni so‘raymiz.


Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




File engine/modules/simple_dle_stats/index.php is in the folder, which is available to write (CHMOD 777). For security purposes the connection files from these folders is impossible. Change the permissions on the folder that it had no rights to the write.